Prezident hokim va kengash raislari vakolatlarining taqsimlanishini xalqning 30 yillik orzusini o‘zida mujassam etgan siyosiy islohot, deb atadi. Shuningdek, hokimlarning yanada ko‘proq vakolatlarini kengashga o‘tkazish, tuman va shaharlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish ko‘zda tutilgan.
Prezident farmonida belgilanganiga qaramay, 2023-yilning birinchi yarmida Xorazm, Jizzax, Namangan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari o‘tkazgan birorta sessiya jonli efirga uzatilmadi. Tuman va shahar kengashlari o‘tkazgan sessiyalarning 24 foizi jonli efirda namoyish etilgan.
2019 yilgi Davlat dasturiga ko‘ra, 6 oy ichida hokimlarning xalq deputatlari kengashi raisi maqomini bekor qilishga oid qonun loyihasi ishlab chiqilgan. «Gazeta.uz» ning aniqlashicha, Adliya vazirligi o‘shandayoq loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazib, ijobiy xulosa bergan. Biroq, hujjatning undan keyingi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Qonunchilik palatasi ma’lum qilishicha, «hujjat quyi palataga kelib tushmagan, shu sababli muhokama qilinmagan». Senat esa sukut saqlamoqda.
Bir kunda O‘zbekistonning uchta viloyatida sakkizta tumaniga yangi hokimlar tasdiqlandi.
Prezident xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolatlarini aniq belgilab beruvchi qonunchilik bazasini yaratish vaqti kelganini aytdi. Unga ko‘ra, «endi kengash rahbari ijroiya organi rahbari bo‘la olmaydi».
Shavkat Mirziyoyev mahalliy kengashlardan byudjet pullarining sarflanishi, korrupsiya, tenderlarning o‘tkazilishiga bee’tibor bo‘lmaslikni so‘radi. Prezident byudjetni shakllantirish uchun mahalliy kengash vakolatlarini «xalq pullarini boshqarish nuqtai nazaridan» kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting